"Inter" va "Napoli" bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Milanning "Inter" jamoasi Neapolning "Napoli" klubi bilan "Kalyari"ning urugvaylik yarim himoyachisi Naitan Nandes uchun kurash olib boradi. Bu haqida "Calciomercato" nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya grandlari futbolchini qishki transferlar oynasida sotib olmoqchi. Shuningdek, Angliyaning "Vest Xem" jamoasi ham Nandesni o'z safida ko'rmoqchi.
Joriy mavsum, 25 yoshli urugvaylik yarim himoyachi "Kalyari" uchun barcha turnirlarda 11 o'yin o'tkazdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236