Reshford qo'mondon bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshford Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi, deya xabar beradi klub rasmiy Twitter sahifasi.
Mukofot futbolchiga Vindzor qasrida topshirildi. Marosimda shahzoda Uilyam ham ishtirok etdi. Reshford futbolchilik faoliyatidan tashqari volonterlik bilan ham shug'ullanadi.
U ilgari Manchester universitetida bolalar qashshoqligini kamaytirish bo'yicha bitiruv malakaviy ishi bilan doktorlik dissertatsiyasini oldi.
Xususan, Reshford kam ta'minlangan oilalar maktab o'quvchilarining yozgi ta'tilda ham bepul ovqatlanishini ta'minlash uchun ish olib bordi, deyiladi xabarda.
Manba: Sport-Express.ru
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260