"Barselona" futbolchilari Koutino xatti-harakatlaridan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Barselona"ning bir qator futbolchilari jamoa yarim himoyachisi Filippe Koutinoning xatti-harakatlaridan norozi, deya xabar berdi "Sport.es"portali.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchilar 29 yoshli braziliyalikning mashg'ulotlar va uchrashuvlarga bo'lgan munosabatidan charchashgan.
Qayd etilishicha, ularning "sabr-kosasi"ni to'ldirgan narsa Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan "Selta"ga qarshi o'yinda yarim himoyachining zaxiradan o'yinga qo'shilishni istamagani bo'ldi.
"TV3" telekanalining Onzefrom dasturida xabar qilinganidek, "Barselona" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Serxi Barxuan Koutinodan mashg'ulotlarga kirishishni so'raganida, futbolchi "tez orada tanaffus bo'ladi, shuning uchun mashg'ulot shart emas" deb javob bergan.
Uchrashuvdan so'ng Kataloniya klubi ba'zi futbolchilari braziliyalikni so'zlari uchun tanqid qilishdi.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionatining 11 o'yinida maydonga tushib, 1 gol urishga erishdi.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
347