Ana xolos! Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa, jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Daily Express.
Manba bergan xabarga ko'ra, 36 yoshli portugaliyalik jamoaning Premer-ligadagi so'nggi natijalaridan qoniqmayapti va u Evropa Ligasida o'ynashni istamayapti.
APLning 11-turidan keyin «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi zonasidan 5 ochko ortda qolgan holda 17 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.
Joriy mavsumda Ronaldu 12 o'yinda 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338