"Qo'qon-1912": "Nasaf"ga qarshi tayyorgarlik Toshkent shahrida davom ettiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasining Qo'qondagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'z yakuniga etdi.
Kecha jamoa a'zolari o'zaro ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro uchrashuv o'tkazishdi. "Markaziy" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda murabbiylar futbolchilarning tayyorgarliklarini ko'rib olishdi. "Oqlar" va"ko'klar" o'rtasidagi uchrashuvda 3-1 hisobida "oqlar" g'alaba qozonishdi. E'tiborlisi "oqlar"ning har uchchala golini ham Andrey Sidorov kiritdi. Narigi jamoadan esa Anvarjon Xojimirzaev gol muallifiga aylandi.
Uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarga bir kunlik hordiq berishlarini ma'lum qildi.
Endi "shunqorlar" ertadan , ya'ni 10 noyabr kunidan boshlab Toshkent shahrida mashg'ulotlarni davom ettirishadi.
Manba: Qo'qon-1912 matbuot xizmati
Bosh sahifaga
286