"Liverpul" Ispaniyadan o'yinchi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Fichajes" nashrining xabariga ko'ra, "Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merino faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalikning transferi tufayli "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z jamoasining markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.
Avvalroq, "Liverpul" Dortmundning "Borussiya" safida harakat qilayotgan Jud Bellingemni qo'lga kiritishga umid qilgan edi, biroq nemis klubi futbolchi uchun kamida 120 million evro so'raganligi tufayli bu transfer bekor qilingan.
Merinoning "Real Sosedad" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portaliga futbolchining narxint 40 million evroga baholagan.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262