Rossiya klubi 6.5 million evroga futbolchi harid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Rossiyaning "Zenit" jamoasi "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Kristian Medinani sotib olmoqchi. Bu haqida "El Entrasigente" nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Zenit" 19 yoshli argentinalik uchun 6,5 million evro taklif qilgan. Boka bu taklifni rad etdi va Medina uchun kamida 13 million olmoqchi.
Qayd etilishicha, yaqin orada Sankt-Peterburg klubi futbolchi uchun yaxshilangan taklif bilan chiqishi mumkin, chunki yarim himoyachiga bir qator Evropaning grand klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi joriy mavsumda 32ta o'yinda ishtirok etib, 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277