Reshford terma jamoa safiga borishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford noyabr oyidagi Angliya terma jamoasining o'yinlarini o'tkazib yuboradi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Forvard JCh-2022 saralash bahslarining navbatdagi uchrashuvlari uchun terma jamoaning chaqiruvini rad etdi.
Reshford bor e'tiborini “Manchester Yunayted” safidagi jarohatini to'liq tiklashga qaratmoqchi. U yaqinda elkasidan operatsiya qilinganidan keyin yana avvalgi formasiga kirishni xohlaydi.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi 12 noyabr kuni Albaniya bilan, 3 kundan keyin esa San-Marino bilan bahs olib boradi.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” safida 6ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urdi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352