"Barselona" muxlislari Xavi taqdimot marosimida "PSJ"ni haqorat qilishdi – OAV
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

"Tyc Sports" nashrining xabariga ko'ra, “Barselona” muxlislari Xavining jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtiruv marosimida "PSJ" jamoasini haqorat qilishgan.
41 yoshli mutaxassis taqdimotiga 25 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi. Ispaniyalik futbolchi maydonga chiqib kelgach, muxlislar uning ismini ayta boshlashdi. Shundan so'ng, ular Parij klubini haqoratlab turli qo'shiqlar kuylashdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilda hujumchi Neymar 222 million evro evaziga "Barselona"dan parijliklar jamoasiga o'tgan edi. Lionel Messi ham o'tgan yozda erkin agent sifatida kataloniyaliklarni tark etgan va u ham "PSJ" safiga borib qo'shilgandi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330