"U o'zga sayyoralik futbolchi" — Lui Saa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"MYu"ning sobiq hujumchisi Lui Saa Ronaldu haqida fikr bildirdi. U "Marca" nashriga shunday deydi:
"Sulsher jamoasida u kabi futbolchi borligidan faqat xursand bo'lishi lozim. Negaki Ronaldu o'zga sayyoralik futbolchi. U dunyodagi istalgan liga yoki jamoada o'ynay oladi va gollar uraveradi. Unda boshqa hech bir futbolchida kuzatilmaydigan o'z ishiga bo'lgan fidoyilik va matonat bor. Men u bilan maydonda bemalol va qiyinchiliksiz harakat qilardim. Chunki ikkimiz ham qattiq harakat qilardik. Agar Ronalduni jamoadosh sifatida yoqtirmasangiz, demak siz mehnatkash emassiz. Bu juda oddiy hol. Men u bilan yana qaytadan maydonda harakat qilishni juda-juda istagan bo'lardim".
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239