Garet Sautgeyt "Arsenal" futbolchisini terma jamoaga jalb etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Arsenal" futbolchisi Emil Smit Rou o'z faoliyatida ilk marta Angliya terma jamoasining katta tarkibiga chaqiruv oldi. Garet Sautgeyt Markuz Reshford hamda Uord-Provzlar jarohati sabab, tarkibga qo'shila olmasliklari ayon bo'lgach, Smit Rouni chaqirishga majbur bo'ldi.
21 yoshli yarim himoyachi bu mavsumda yaxshi taassurot qoldirmoqda. U to'pchilar safida hozirgacha 10 marta maydonga tushirilgan bo'lib, 5 ta gol hamda 2 ta assistga mualliflik qilgan. Eslatib o'tamiz, Angliya saralash bosqichi doirasida 12 noyabr kuni Albaniyani qabul qiladi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253