Jeko jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

JCh-2022 saralash bahslaridan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi Ukrainaga qarshi maydonga chiqadi.
Bosniya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berishicha, "Inter" hujumchisi Edin Jeko jarohat sabab ushbu bahsni o'tkazib yuboradi.
"Tekshiruv natijalariga ko'ra, Jekoda son orqa mushaklarininig ma'lum darajada shikastlanishi aniqlandi. Shuning uchun, futbolchi fizioterapiyadan o'tkazildi", – deyiladi rasmiy bayonotda.
Jeko joriy mavsumda "Inter" safida chempionat doirasida 12 uchrashuv o'tkazib, 7 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250