Inesta: «Umid qilaman, Xavi buni uddalaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta "ko'k-anorranglilar" boshqaruviga Xavi tayinlanishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Xavi "Barselona"ga juda mos keladi. Bunga ishonchim komil. U nafaqat klub haqida barcha narsani biladi, balki bunday sinovga u tayyor. Unga jahondagi jamiki omadlarni tilayman. Umid qilaman, Xavi o'z ishini uddalaydi.
Xavi lavozimga tayinlanganini qanchalik ko'tarinkilik bilan qabul qilganini ko'rdik. Unga va "Barsa"ga muvaffaqiyatlar tilayman. Ushbu vaziyatga u tayyorlanib keldi va o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lganidan juda xursand. Muvaffaqiyat qozonish uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud", - dedi Inesta Sport.es saytiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259