"Roma" "Tottenxem" va "Chelsi" futbolchilariga e'tibor qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirishni maqsad qilgan, deya xabar berdi "Calciomercato" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis o'z jamoasida "Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik va "Tottenxem" futbolchisi Xarri Uinksni ko'rmoqchi. Shuningdek, "bo'rilar" "MYu" himoyachisi Diego Dalot va Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariyani ham o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya qo'shimcha qilgan manba.
Ayni vaqtda rimliklar Italiya chempionatida 12 turda 19 ochko to'plab, turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238