«Liverpul» La Liga klubidan futbolchi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

«Liverpul» rahbariyati Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingemni sotib olish fikridan qaytdi. Goal nashri xabariga ko'ra, mersisaydliklar «Real Sosedad» yarimhimoyachisi Mikel Merino nomzodiga o'tishgan.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
25 yoshli yarimhimoyachining san-sebastyanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali Merinoni 40 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270