«PSJ» «Real» yulduziga xaridor bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Goal nashri xabariga ko'ra, «Real» hujumchisi Karim Benzema «qirollik klubi»ni tark etishi mumkin. Gap shundaki, «qaymoqranglilar» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandni o'z safiga qo'shib olmoqchi va shu sabab madridliklar frantsuz futbolchisidan voz kechmoqchi. Chunki, Benzema va Holand bir pozitsiyada o'ynaydi.
Bu holatda Benzema vataniga qaytishga va Liga 1 klubi bilan shartnoma imzolashga tayyor. Ba'zi manbalarning xabariga ko'ra, «PSJ» tajribali hujumchi xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Holand 10 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Karim esa 15 ta uchrashuvda, 14 ta gol va 8 ta golli pas muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283