Tuxel Pulishichning AQSh terma jamoasiga chaqiruviga salbiy baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Tomas Tuxel futbolchilarning terma jamoalarga chaqiruvlaridan norozi bo'lgan murabbiylar safini to'ldirdi. Mutaxassis Kristian Pulishichning pozitsiyasidan norozi. Futbolchi hali jarohatini to'liq davolagani yo'q, ammo u AQSh terma jamoasiga chaqirilgan.
"Umid qilamanki, ular undan oqilona foydalanishadi. Kristian hali ham og'riqni his qilmoqda. Muammoni og'riq qoldiruvchi vositalar bilan hal qilib bo'lmaydi. U qaytishni juda xohlaydi. U "Malme" bilan, "Byornli" bilan 10 daqiqa o'ynadi. Biz hozir xavotirdamiz.
Umid qilamanki, ular mas'uliyatni tushunishadi. Men uning kuchliroq qaytishiga ishonaman", dedi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214