Ronaldu va Bruno rahbariyatdan buni talab qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

“Manchester Yunayted”ning etakchi futbolchilari Ole-Gunnar Sulsherni bosh murabbiy lavozimidan chetlatilishini talab qilishdi, deya xabar berdi "Eurosport" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi Krishtianu Ronaldu, yarim himoyachi Bruno Fernandes va yana bir qancha futbolchilar murabbiy ishidan norozi va uning iste'fosi tarafdori. Shu bilan birga, klub rahbariyati murabbiyni mavsum oxirigacha jamoada qoldirishni istaydi. Hozirgi vaqtda Sulsher o'rniga asosiy nomzod - "Lokomotiv"ning sport va rivojlanish bo'yicha rahbari Ralf Rangnik.
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" APLda 11 turda 17 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 6-o'rinni egallab turibdi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215