«MYu» yaqin kunlarda Sulsherni iste'foga chiqarmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining 11-turi doirasida bo'lib o'tgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda mag'lub (0:2) bo'lganiga qaramay, klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yaqin orada iste'foga chiqarilmaydi.
"The Guardian" tarqatgan xabarga ko'ra, norvegiyalik mutaxassis terma jamoalar o'yinlari uchun ajratilgan FIFA kunlaridan so'ng o'tkaziladigan "Uotford"ga qarshi bahsda ham "MYu"ni boshqaradi.
Ayni paytda mankunianliklar xo'jayinlari murabbiyni iste'foga chiqarish borasida qaror qabul qilmadi. "Yunayted" APLning 11-turidan so'ng 17 ochko bilan jadvalda 6-pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213