«Chelsi» va «Real» «Fulxem» yarim himoyachisi uchun kurashga qo'shilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

«Fulxem» yarim himoyachisi Fabio Karvalo yana ikkita top-klubni o'ziga jalb qildi. 19 yoshli futbolchiga da'vogarlar ro'yxatida «Chelsi» va «Real» bor. Bu haqda Britaniyaning Eurosport nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Karvaloga «Liverpul»dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfermarkt yarim himoyachini 250 ming evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Karvalo 7 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315