«Real Madrid» qishda 6 nafar futbolchisini sotuvga qo'yadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

«Real Madrid» rahbariyati qishda ko'plab futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda. AS nashri xabariga ko'ra, transfer oynasi vaqtida sotuvga qo'yiladigan 6 nafar futbolchi nomini ma'lum qilagan. Ular Xesus Valexo, Luka Yovich, Eden Azar, Garet Beyl, Marselo va Isko.
«Qirollik klubi» tarkibni yangilamoqchi va yuqorida tilga olingan futbolchilar endi kerak emas deb hisoblamoqda. «Qaymoqranglilar» transferlardan tushgan mablag'ni frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni sotib olish hamda Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolashga sarf qilmoqchi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «Real» peshqadam «Real Sosedad»dan bir ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191