Pioli "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Milan" jamoasi bosh murabbiyi Stefano Pioli tez orada klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ma'lumot berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis va klub o'rtasida barcha masalalar kelishib olindi. 56 yoshli murabbiy bilan yangi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar uzaytiriladi va yiliga bonuslardan tashqari 3 million evro maosh beriladi. Bu haqida yaqin orada klub rasmiy saytida e'lon qilinadi, deyilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyi yakunlariga ko'ra Pioli eng yaxshi murabbiy sovrinini qo'lga kiritgan edi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248