Bokschilarimiz jahon chempionatidan qaytib kelishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Xabar berib o'tganimizdek, 25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo'yicha erkaklar o'rtasida jahon chempionati o'tkazildi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik bokschilar 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Chempionatda qatnashgan terma jamoamiz vakillari bugun yurtimizga qaytib kelishdi.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federatsiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va muxlislar ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyar Saidrahimov esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
Manba: Boks FederatsiyasiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165