Gvardiola ertaga Barselonaga boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ertaga Ispaniyaning Barselona shahriga boradi. Bu haqida taniqli jurnalist Edu Polo xabar bergan. Uning aytishicha, murabbiy u erda bo'lib o'tadigan golf turniriga tashrif buyuradi. Shuningdek, ertaga "Barselona" klubi yangi murabbiyi Xavining tanishtiruv marosimi ham bo'lib o'tadi. Manbada yozilishicha, Pep u marosimda ishtirok etmaydi.
Ma'lumot uchun, Gvardiola 2008-2012 yillarda "Barselona" murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270