Mourino «Roma» hujumchilaridan norozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya A seiyasining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan "Venetsiya"ga qarshi o'yin (2:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Biz ko'p vaziyatlar, ko'p yarim vaziyatlar yaratdik. Ammo xavfli vaziyatda bo'la turib to'g'ri pas bera olmasang, bu g'azabga soladi.
Veretu va Pellegrini kabi hujumkor futbolchilar hujumchilar yaqinida bo'lganida bunday holat 20 marta ro'y berdi. Ammo biz uzatma bera olmadik. Shuncha vaziyat yaratib, qanday qilib gol ura olmaslik mumkin?
Birinchi golni "standart"dan o'tkazib yubordik. Kecha shunday holatni mashg'ulotda ishlagandim, ammo himoyada baribir xatoga yo'l qo'ydik", – dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170