"Yuventus" yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadrado "Yuventus" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi. U jamoa safida 2024 yilgacha qoladi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Kelishuv uzaytirilgani haqida rasmiy e'lon yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinadi. Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum yakunida nihoyasiga etishi belgilangan.
Ortda qolgan 2020/21 yilgi mavsumda Kuadrado "zebralar" safida 40 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 9 assistni hisobiga yozdirib qo'ygandi. Futbolchi faoliyati davomida "Yuventus"dan tashqari "Chelsi", "Fiorentina" va "Lechche" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155