«Inter» futbolchisi jamoadan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Xorvatiyalik vinger Ivan Perishich «Inter»ni tark etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Tuttosport. Yarimhimoyachi klub vakillari bilan suhbatda bo'lib, u yangi shartnoma imzolamasligini aytdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma kelasi yozda yakuniga etadi.
Manbaning qayd etishicha, Perishich «neradzurrilar» bilan kelishuvning moliyaviy qismidan qoniqmayapti. Shu munosabat bilan xorvat o'ziga qulayroq maosh taklif qiladigan klubga o'tmoqchi.
A Seriyaning joriy mavsumida 32 yoshli futbolchi 9 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234