Lempard yangi jamoada ish boshlashi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

"Norvich" bosh murabbiy Daniel Farkni iste'foga chiqarganidan so'ng jamoa o'ziga yangi mutaxassis qidirmoqda.
"The Sunday times" nashri xabariga ko'ra, sobiq "Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard bu lavozim uchun asosiy favorit hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, nomzodlar ro'yxatidan Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq ustozi Lyusen Favr, so'nggi jamoasi "Nyukasl" bo'lib turgan Stiv Bryus va "Aston Villa"ning sobiq yordamchi murabbiyi Jon Terri ham o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, "Norvich" chempionatda 11 turda 5 ochko to'plagan holda turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234