"Inter" o'z himoyachisi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Italiyaning "Inter" jamoasi himoyachi Milan Shkrinyar bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "neradzurrilar" futbolchi bilan amaldagi shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi. Kelasi hafta himoyachining agenti va klub rahbariyati o'rtasida dastlabki muzokaralar olib boriladi.
Ayni vaqtda Shkrinyarning shartnomasi shu mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Jamoadan olayotgan maoshi esa yiliga 3.2 million evroni tashkil etadi.
Bu mavsumda 26 yoshli slovak jami 14 uchrashuvda maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230