Neymar 400talik dovonga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"PSJ" futbolchisi Neymar kecha "Bordo"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, o'z faoliyatida yangi marraga erishdi. 29 yoshli hujumchi bu gollari bilan o'z faoliyatida 400 marta raqib darvozasiga yo'l topgan futbolchiga aylandi.
Braziliyalik bahsdagi birinchi golini vatandoshi, xonanda, Lotin Gremmi sovrindori Mariliya Mendoka xotirasiga bag'ishlagandi. Mendoka bundan bir necha kun oldin samolyotda halokatga uchragan.
"PSJ" mehmonda 2-3 hisobida g'alaba qozonish orqali, o'z ochkolari sonini 34taga etkazib oldi va turnir jadvalida yaqqol etakchilikni davom ettiradigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, ikkinchi pog'onadagi "Lens"da 24 ochko mavjud.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235