Koutino zahiradan maydonga tushishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino Ispaniya chempionati 13-turidan o'rin olgan "Selta"ga qarshi o'yinda (3:3) zahiradan maydonga tushishdan bosh tortdi.
"Barselona" zaxira o'rindig'iga yaqin turgan bir qator jurnalistlar Koutino ikkinchi bo'limda maydonga tushishni istamagani haqida xabar berishdi. Bu haqida CCMA.cat portali ma'lumot berdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Barselona" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Serxi Barxuan braziliyalik futbolchining xatti-harakatlari haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
"Qaysi o'yinchining zaxira o'rindig'ida ekanligiga e'tibor qaratmayman. Men jamoa bosh murabbiyiman va bu katta mas'uliyat", – dedi Barxuan.
29 yoshli Koutino joriy mavsumda klub safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Bosh sahifaga
236