"Kristal Pelas" ustozi Vieyra "Chelsi" futbolchisiga yuqori baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Kristal Pelas" ustozi Patrik Vieyra jamoa futbolchisi Konor Gallager haqida fikr bildirdi. U bu haqda shunday deydi:
"Uning o'yinlari shunchaki ajoyib. U yuqori darajada namoyon bo'lmoqda. U jamoamizga yangi qon baxsh eta oldi. U kabi futbolchilarni kuzatsangiz doimo faol, pressingda yaxshi ishlay olishiga guvoh bo'lasiz. U gollar urmoqda. Jamoa bilan yaxshi tushunib harakat qilmoqda. Futbolchi uchun eng asosiy jihatlar ham, aslida shu. Biz bugun bir jamoa sifatida o'sayotganimizni namoyon qila oldik".
21 yoshli hujumkor futbolchi "Chelsi"dan, bu mavsumda ijara asosida "burgutlar" safiga o'tgandi. U kecha "Vulverxempton"ga qarshi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229