"Boka Xuniors" vitse-prezidenti: "U "Boka"ga o'tishni istashini aytib, menga qo'ng'iroq qildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani yanvarda klubni tark etish niyatida. Bu haqda "Boka Xuniors" viitse-prezidenti Xuan Roman Rikelme ma'lum qildi. U bu haqda "TNT Sports" kanaliga shunday deydi:
"Yanvar oyida Kavani "Boka"ga o'tishni istashini aytib, menga qo'ng'iroq qildi. U hozirgi klubida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotganini aytdi. Men bu borada u bilan anchadan buyon gaplashib kelyapman. U meni yanvar oyida Angliyaga borishimni va uni o'zim bilan olib ketishimni istaydi".
Kavani bu mavsumda atigi ikkita o'yinda maydonga tushirildi. Shunga qaramay, "Tottenxem"ga qarshi bahsda Ronaldu uzatgan pasni gol aylantira olgandi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214