Ispaniya terma jamoasida Fatining o'rnini kim egallashi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

"Espanol" hujumchisi Raul De Tomas Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqida mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
De Tomas jarohat olgan "Barselona" futbolchisi Ansu Fati o'rniga termaga chaqirilgan. Shuningdek, jamoada Kataloniya klubi himoyachisi Erik Garsiyaning ham o'rniga o'rinbosar kerak. Bu borada qaror yakshanba kuni qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi o'zining navbatdagi o'yinlarini Gretsiya (11 noyabr) va Shvetsiyaga (14 noyabr) qarshi o'tkazadi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218