"Arsenal" futbolchisining qachon safga qaytishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Arsenal" o'z futbolchisi Granit Jaka jarohati yuzasidan bayonot berdi. Ushbu ma'lumot klubning rasmiy saytida e'lon qilindi. Unda shunday deyiladi:
"Granit 26 sentyabrda tizzasidan olgan jarohatidan tuzalishining dastlabki davri muvaffaqiyatli o'tmoqda. Jaka uchun jamoaviy mashg'ulotlarga qaytish Yangi Yilning dastlabki kunlariga mo'ljallanmoqda".
Jakaning yozda "Arsenal"dan ketishi bilan bog'liq mish-mishlar tarqalgan edi. Unga "Roma"dan kuchli qiziqish bo'lgandi.
Shunga qaramay u Mikel Arteta jamoasida qoldi va klub bilan 2024 yilgacha yangi bitim tuzdi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213