«Manchester Siti» «Arsenal» hujumchisini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

«Manchester Siti» yaqin orada hujum pozitsiyasiga yuqori darajadagi transferni tashkil qila olmaydi. «Shaharliklar» yozgacha Angliyada qolish istagini bildirgan «Tottenxem» futbolchisi Harri Keyn va «Fiorentina» vakili Dushan Vlahovich borasida muzokaralar olib borishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Shu sababli, Gvardiola jamoasi rahbariyati boshqa hujumchi sotib olish haqida o'ylamoqda. Britaniyaning The Mirror nashriga ko'ra, «shaharliklar» «Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazetni ideal nomzod deb bilishadi.
Manbaning xabar berishicha, frantsuz uzoq vaqtdan beri London jamoasini tark etishga harakat qilib kelmoqda, shu bois «shaharliklar» futbolchini o'z tarkibiga jalb qilish haqida o'ylamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192