Lingard Londonga qaytmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Jessi Lingard mankunianliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi. Futbolchiga jamoa uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida qabul qilmayotgani yoqmaydi.
Britaniyaning The Mirror nashri xabariga ko'ra, Lingard o'tgan mavsumning ikkinchi qismini o'tkazgan «Vest Xem»ga qaytmoqchi. Manba bergan xabarga ko'ra, angliyalik futbolchi Premer-ligada va xalqaro miqyosda kurashni davom ettirayotgan «bolg'achilar»ning o'yinlaridan hayratga tushmoqda.
Agar transfer amalga oshsa, yarimhimoyachi qishda londonliklar safiga qo'shiladi, chunki «Vest Xem» rahbariyati mankunianliklar talab qilgan transfer uchun 25 million evro to'lashga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187