APL. "Chelsi" o'z maydonida ochko yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Angliya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Chelsi" – "Bernli" bilan o'z maydonida durang o'ynadi (1:1).
"Aristokratlar" safidagi yagona golni Kay Xaverts kiritdi. "Bernli"ning javob to'pi muallifi Mattey Viidra bo'ldi.
Ushbu natijadan so'ng, "Chelsi" o'z hisobidagi ochkolarni 26taga etkazib peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Bernli" esa 8 ochko bilan 18-o'rinda.
Angliya Premer-ligasi, 11-tur
"Chelsi" – "Bernli" - 1:1 (1:0,0:1)
Gollar: Xaverts, 33 (1:0), Viidra, 79 (1:1).
Chelsi: Mendi, Tiagu Silva, Ryudiger, Kristensen, Chiluell, Djeyms, Barkli (Loftus-Chik, 73), Jorjino, Kante (Maunt, 85), Xaverts, Xadson-Odoi (Pulishich, 85).
Bernli: Poup, Mi, Louton, Tarkovski, Korne (Piters, 88), Teylor, Uestvud, Braunxil, Vud (Rodriges, 61), Gudmundsson (Viidra, 70), Makneyl.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
199