"Real" ustozi nemis himoyachisini o'z jamosida ko'rishni xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaga "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudigerni olib kelish maqsadida. "AS" nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi uchun qirollik klubi yaxshigina miqdor taklif qila oladi.
Germaniya terma jamoasi a'zosining bitimi keyingi yozda yakunlanadi. "Chelsi" esa hali-hamon o'z futbolchisini yangi shartnomaga ko'ndira olmayapti. Ta'kidlanishicha, "Real" Ryudiger uchun haftasiga 230 ming evrolik maoshni kafolatlaydi.
Eslatib o'tamiz, nemis himoyachisi "aristokratlar" safidagi ximatlari uchun yiliga 12 million evro olishni istamoqda.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196