Angliyalik futbolchi Sulsherni keskin tanqid ostiga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Ingliz futbolchisi, "Billeriki Taun" vakili Jeymi O'Xara Sulsherni tanqid qildi. U Sancho va van de Bekni o'yinidagi pasayishda norvegiyalikni aybladi:
"Biz allaqachon yangi mavsumdamiz. Bunda endi hech qanday bahonalar yordam bera olmaydi. Bu gapni hatto Sulsherning o'zi ham ta'kidlagan edi. Klub bitta Sanchoning o'zi uchun 70 million funt sarfladi. Futbolchi esa Sulsher qo'lida keraksizday bo'lib qoldi. Natijada esa, Angliya termasiga chaqirilmadi. U o'yinchilarni o'ldirmoqda. Mana yana biri, Van de Bek. U bir paytlar "Oltin to'p"ga nomzod futbolchi edi. Hozir esa tuzukroq o'yin vaqtiga ham ega bo'lolmayapti. Hammaning sabr kosasi to'lib bormoqda. Aniq bilaman, agarda Sulsher o'rnida Mourino bo'lganida muxlislar allaqachon uning eshigi tagida janjal qilayotgan bo'lardi. Sanchoning "MYu"da ko'rinmay qolgani sabab, Angliya termasiga chaqirilmagani Sulsherning klub uchun etarli salohiyatga ega emasligini anglatadi".
Oldinroq yakuniga etgan Manchester derbisida Sulsher jamoasi o'z maydonida 0-2 hisobida Pep shogirdlariga mag'lub bo'lgan edi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
288