"Yuventus" etakchisi bilan yaqin orada shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala tez orada turinliklar bilan shartnomasini uzaytiradi.
Argentinalik futbolchining agenti Xorxe Antun shu oyda Italiyaga kelib, mijozining turinliklar bilan yangi shartnomasini imzolash bo'yicha kelishuvni yakunlashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
O'z navbatida Dibala ham jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida.
Manba bergan xabarga ko'ra, hujumchi turinliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va bir mavsum uchun 8,5 million evro miqdorida maosh oladi. Shuningdek, yana 1,5 million evroni turli bonuslar ko'rinishida olishi ko'zda tutilgan.
Joriy mavsumda 27 yoshli argentinalik futbolchi “Yuventus” safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
280