"MYu" ketma-ket 14 uy uchrashuvida gol o'tkazib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Angliya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ni qabul qilmoqda (0:2, 2-bo'lim).
Bugungi uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi "Manchester Yunayted" yana bir o'z maydonidagi uchrashuvda gol o'tkazib yubordi. Bu jamoaning ketma-ket 14-uy o'yinda o'tkazib yuborgan goli bo'ldi.
Bu klub tarixida eng yomon ikkinchi natija bo'lib tarixga kirdi. Eng yomon ko'rsatkichni "qizil iblislar" 1958 yilgi mavsumda qayd etishgan. O'shanda jamoa ketma-ket 21 uy uchrashuvida gol o'tkazib yuborgan edi.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298