RPL. Urunov to'liq harakat qilgan o'yinda "Ufa" durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Rossiya Premer-ligasida 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bir oz avval yakunlangan "Arsenal Tula" – "Ufa" uchrashuvida hisob ochilmadi – 0:0.
Ufaliklar safida harakat qilayotgan yurtdoshimiz Oston Urunov maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu natijadan so'ng, "Ufa" hisobidagi ochkolarni 14taga etkazib, turnir jadvalining 11-pog'onasiga joylashdi. Tulaning "Arsenal"i esa 13 ochko bilan 14-o'rinda.
Rossiya chempionati, 14-tur
"Arsenal Tula" – "Ufa" - 0:0
Arsenal – Kochenkov, Novoselsov, Smolnikov, Radakovich, Sokol, Kambolov, Xlusevich, Tkachov, Kings Kangva, Evans Kangva, Lutsenko.
Ufa – Belenov, Fishenko, Yokich, Agalarov, Krotov, Oston Urunov, Mrzlyak, Kasintura, Nikitin, Botaka-Ioboma, Juravlev.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
293