"Borussiya D"ning yana bir etakchisi uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

"Borussiya Dortmund" ustozi Marko Roze Jovanni Reyna jarohati tufayli yilning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Ma'lum bo'lishicha, Jovannining jarohati biz kutgandan ham yomonroq bo'lgan. Reyna umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qachon qaytishini oldindan aytish qiyin. Umid qilamizki, u yil oxiriga qadar tuzalib safimizga qaytishga ulguradi", - deya Rozening so'zlaridan iqtibos keltiradi "Goal" nashri.
Joriy mavsumda 18 yoshli amerikalik Reyna "Borussiya" tarkibida 5ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290