"Real" va "Atletiko" germaniyalik 19 yoshli hujumchi bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

"Real Madrid" va "Atletiko" hozirda "Zaltsburg" jamoasining 19 yoshli germaniyalik hujumchisi Karim Adeyemi bilan muzokara olib bormoqda, deya xabar beradi "Sport De" nashri.
Qayd etilishicha, "Zaltsburg" Adeyemi kelajagi borasidagi qarorni noyabr oyi oxirigacha qabul qilishi kerak. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Tahminlarga ko'ra, Avstriya klubi futbolchini 30-35 million evroga qo'yib yuborishi mumkin.
Joriy mavsumda Adeyemi klubi uchun 21 o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini ayni vaqtda 20 million evroga baholamoqda.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392