Dahshat!!! "Santyago Bernabeu" stadionining yangilangan maysa tizimi namoyish etildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

"Real Madrid" rasmiy sayti rekonstruktsiya qilingan "Santyago Bernabeu"da yig'ma maysa tizimi qanday ishlashini ko'rsatdi. Yangi tizim stadiondan yiliga 300 kun davomida foydalanish imkonini beradi.
Maydon qismlarga bo'lib tozalanadi va to'g'ridan-to'g'ri stadionning er osti omboriga kiradi, bu erda uni parvarish qilish uchun mahsus fitolampalar va sug'orish tizimi o'rnatilgan. Butun jarayon avtomatlashtirilgan.
Maysa tozalash mexanizmi va er osti ombori "Real Madrid" rejasining bir qismidir. Klub kibersport, restoranlar tarmog'i, yangi flagman do'koni, ta'mirlangan muzeydan ko'proq pul ishlashni va onlayn do'konni rivojlantirishni xohlaydi.
"Real Madrid" stadiondan yiliga 300 kun, jumladan, kontsertlar, biznes konferentsiyalar, kibersport turnirlari va hatto basketbol, tennis va NFL o'yinlarida foydalanishni rejalashtirigan.
"Real Madrid" ma'lumotlariga ko'ra, ta'mirlangan stadiondagi tadbirlar g'aznaga qo'shimcha 150 million evro daromad olib keladi.
Eslatib o'tamiz, "Bernabeu"ni rekonstruktsiya qilish, hisob-kitoblarga ko'ra, "Real Madrid"ga 525 million evroga tushgan. Buning uchun klub 30 yilga bo'lab to'lash uchun bankdan 575 million evro qarz olgan.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
398