Mourino jamoasida «Real» futbolchisi uchun joy bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Todofichajes nashri xabariga ko'ra, «Real» vingeri Lukas Vaskes «Roma» qishda «qaymoqranglilar» lagerini tark etishi mumkin.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga «bo'rilar» bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, «qirollik klubi»ning Vaskes bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, 30 yoshli futbolchining narxi 15 million evroga baholangan.
Ma'lumot o'rnida, A Seriyaning joriy mavsumida «Roma» 11 ta o'yin o'tkazib, 19 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219