Oblak «Atletiko»dan ketmoqchi. Unga tadabgorlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak poytaxt jamoasini tark etish niyatida, deya xabar beradi Todofichajes. Manbaning yozishicha, futbolchi hozirgi jamoasining Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatiga ishonmayapti.
Darvozabon Evropa ligalarining bir qator top-klublari nazariga tushgan. «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Chelsi» futbolchini sotib olmoqchi.
Sloveniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. 28 yoshli darvozabonning narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216