Enrike olti oy ichida birinchi marta «Real» futbolchisini terma jamoaga chaqirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike terma jamoaning jahon chempionati saralashida bo'lajak o'yinlariga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari so'nggi olti oy ichida ilk bor «Real» vakili terma jamoaga chaqiruv olganini ta'kidlamoqda. Eslatib o'tamiz, Enrike so'nggi evroga birorta ham «qaymoqranglilar» futbolchisini olib ketmagan, keyin esa bu tendentsiya kuzgi o'yinlarda ham davom etgan.
Endi uzoq vaqt jarohatidan forig' bo'lib kelayotgan Daniel Karvaxal safga qaytdi va yagona «Real Madrid» futbolchisiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309