«Barselona» «As-Sadd» tarqatgan xabarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

«Barselona» klubi «As-Sadd» bilan Xavini 5 million evro evaziga transfer qilish borasida kelishib olganini inkor qildi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Qatar klubining bayonotidan norozi. «Barselona» buni hozir Dohada bo'lgan klub delegatsiyasiga bosim o'tkazishga urinish sifatida baholamoqda.
Xavining «Barselona» bilan shartnomasi muddati hali aniqlanmagani xabar qilingandi. Shuningdek, ular 41 yoshli mutaxassisning «As-Sadd» bilan shartnomasidagi tovon puli miqdori 5 million evro ekanligini yozishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303